Qidirish

Yangiliklar

Navoiy innovatsiyalar universitetida shaxmat va shashka musobaqalari bo‘lib o‘tdi
09.01.2025
893
Navoiy innovatsiyalar universitetida shaxmat va shashka musobaqalari bo‘lib o‘tdi
 Navoiy innovatsiyalar universitetida an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan sport musobaqalarining joriy yilgi dasturidan joy olgan shaxmat va shashka bellashuvlari 6-yanvar kuni bo‘lib o‘tdi. Ushbu musobaqalarda universitet professor-o‘qituvchilari va ishchi-xodimlari ishtirok etdi.
 
 
Shaxmat yo‘nalishida 22 nafar ishtirokchi, shashka yo‘nalishida esa 25 nafar ishchi-xodim bahslashdi. Shashka musobaqasida qatnashganlar orasida 14 nafar xotin-qizlar ham ishtirok etdi.
 
 
Musobaqa yakunlari quyidagicha:
Shaxmat bo‘yicha (erkaklar o‘rtasida):
1-o‘rin – Muhammad Avazov
2-o‘rin – Doniyor Baxtiyorov
3-o‘rin – Alijon Ergashev
 
 
Shashka bo‘yicha:
1-o‘rin – Aziz Shomurodov
2-o‘rin – Elnur Abdualimov
3-o‘rin – Laziz Nematov
 
 
Ayollar o‘rtasida (shashka yo‘nalishi):
1-o‘rin – Safarova Nigora
2-o‘rin – Kamolova Umida
3-o‘rin – Rabbimova Rohila
 
 
Musobaqa qizg‘in bahs va muhokamalarga boy tarzda o‘tkazilib, ishtirokchilar zehni va aql-idrokini sinovdan o‘tkazdi.