Qidirish

Yangiliklar

NAVOIY INNOVATSIYALAR UNIVERSITETIDA "CYBER SPORT" MUSOBAQASI
30.01.2025
893
NAVOIY INNOVATSIYALAR UNIVERSITETIDA
"CYBER SPORT" MUSOBAQASI
       Navoiy innovatsiyalar universitetida "CYBER SPORT" musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Ushbu musobaqa qizg‘in bahslar va kuchli raqobat muhitida o‘tkazilib, unda oltita jamoa o‘zaro kuch sinashdi:
1. Iqtisodiyot yo‘nalishi 1-kurs 2-guruh jamoasi
2. Iqtisodiyot yo‘nalishi 2-kurs 3-guruh jamoasi
3. Axborot tizimlari va texnologiyalari yo‘nalishi 3-kurs 1-guruh jamoasi
4. Iqtisodiyot yo‘nalishi 3-kurs 1-guruh jamoasi
5. Ijtimoiy gumanitar fanlar kafedrasi terma jamoasi
6. Ingliz tili yo‘nalishi 3-kurs terma jamoasi
 
 
Musobaqaning natijalariga ko‘ra, quyidagi jamoalar g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi:
1-o‘rin – Iqtisodiyot yo‘nalishi 2-kurs 3-guruh jamoasi
2-o‘rin – Axborot tizimlari va texnologiyalari yo‘nalishi
3-kurs 1-guruh jamoasi3-o‘rin – Ijtimoiy gumanitar fanlar kafedrasi terma jamoasi
 
 
     Mazkur musobaqa nafaqat ishtirokchilar, balki tomoshabinlar uchun ham unutilmas voqea bo‘ldi. G‘olib jamoalarni chin dildan tabriklaymiz va ularga kelgusida yanada yuksak muvaffaqiyatlar tilaymiz!