Yangi o‘quv yiliga qadam!
2025-yil 8-sentabr kuni Navoiy Innovatsiyalar Universitetida yangi 2025/2026-o‘quv yilining boshlanishiga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda universitet rektori, professor Mavlonov Jo‘rabek Yorqulovich talabalarga samimiy tabrik va ezgu tilaklar bildirdi.
Shuningdek, Navoiy viloyati Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi rahbari Xayitov Rustam Burxonovich ham yoshlarga ilmu ma’rifat yo‘lida muvaffaqiyat tiladi.
Marosim badiiy chiqishlar, kuy-qo‘shiqlar va ijodiy sahnalar bilan boyitilib, talabalar uchun bayramona kayfiyat ulashdi.
Yangi o‘quv yili barcha talabalarga bilim, yutuq va muvaffaqiyat olib kelsin!