🎓 Navoiy Innovatsiyalar Universiteti
📚 Filologiya va tillarni o‘qitish kafedrasida joriy yilning 15-sentabr sanasida Rus tili fani o‘qituvchisi Sharipova Dilshoda Kamolovna tomonidan 2-kurs, 2-guruh (kunduzgi ta’lim) rus tili yo‘nalishi talabalari uchun “Hozirgi rus tili” fanidan “Antonim, sinonim, omonim, paronimlarda paradigmatik munosabatlar” mavzusida ochiq dars mashg‘uloti tashkil etildi.
🔹 Mashg‘ulot davomida “Tezkor savol-javob”, “Mos keladigan qidiruv”, “Venn diagrammasi”, “Aqliy hujum” kabi interaktiv metodlar va innovatsion ta’lim texnologiyalari qo‘llanildi.🔹 Talabalar kichik guruhlarda ishlash orqali topshiriqlarni jamoaviy tarzda bajarishdi, o‘z bilimlarini amaliyotda sinab, yanada mustahkamlashdi.
✨ Ochiq dars talabalarning ijodiy fikrlashini, mantiqiy tahlil qilishini va bilimlarini kengaytirishga xizmat qildi.