Qidirish

Yangiliklar

🏐 Sport kuni davom etmoqda!
20.10.2025
893
Navoiy innovatsiyalar universitetida 1-bosqichga qabul qilingan talaba o‘smirlar o‘rtasida sportning "Voleybol" turi bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.
📌 Musobaqaning asosiy maqsadi — viloyat va respublika oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘tkaziladigan turnir hamda musobaqalarda ishtirok etib, universitetimiz sha’nini munosib himoya qilishdir. Shu maqsadda ushbu musobaqalar muntazam ravishda tashkil etib borilmoqda. Musobaqada 4 ta jamoa ishtirok etdi va bahslar qizg‘in, ko‘tarinki ruhda o‘tdi.
Talaba-yoshlarimizni o‘zlari qiziqqan sport turlarida faol ishtirok etishga va sport musobaqalarida qatnashishga chorlaymiz.
🎉 Barcha talaba yigit-qizlarni navbatdagi musobaqalarda faol ishtirok etishga taklif qilamiz!