🎓 Navoiy Innovatsiyalar Universiteti delegatsiyasi THE World Academic Summit 2025 (Jahon Akademik Sammiti)da ishtirok etdi!
Sammit davomida dunyoning turli davlatlaridan kelgan 800 dan ortiq delegatlar bilan birgalikda oliy ta’limda hamkorlik, innovatsiyalar va global taraqqiyot yo‘nalishlarida fikr almashildi.
💡 Tadbir Times Higher Education (THE) va @kaustofficial hamkorligida o‘tkazilib, universitetlarning taraqqiyot va ijtimoiy o‘zgarishlarning faol agentlariga aylanishida muhim bosqich bo‘ldi.
🤝 Sammit davomida xalqaro hamkorlar bilan tajriba almashish, yangi g‘oyalar va istiqbolli loyihalarni muhokama qilish imkoniyati yaratildi.