📚 “Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash” mavzusida talaba qizlar bilan suhbat
2025-yil 10-oktabr kuni Navoiy innovatsiyalar universiteti Surxondaryo kampusi Xotin-qizlar qo‘mitasi va kampus hamshirasi hamkorligida talaba qizlar bilan muhim va dolzarb mavzulardan biri — “Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash” mavzusida suhbat tashkil etildi.✨ Suhbat davomida yoshlarning oilaviy hayotga tayyorlanishi, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, ma’suliyat va qadriyatlar haqida fikr almashildi.