Qidirish

Yangiliklar

🌸 11-oktyabr — Xalqaro qizlar kuni
20.10.2025
893
Navoiy Innovatsiyalar Universitetida ushbu sana munosabati bilan “Dunyoni tinchlik va ezgulikka ilhomlantiramiz” shiori ostida bayram tadbiri tashkil etildi.
👩‍💼 Tadbirni Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi R. Rabbimova hamda psixolog F. Boboyeva olib bordilar.
🎙 Tadbir davomida Yoshlar masalalari bo‘yicha birinchi prorektor A. Ergashev va Karmana tumani Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha hokim o‘rinbosari N. Shomiyeva so‘zga chiqib, talaba qizlarni bayram bilan samimiy tabrikladilar.
🎭 Shuningdek, universitetning iqtidorli talaba qizlari tomonidan badiiy chiqishlar, sahna ko‘rinishlari va madaniy-ko‘ngilochar dasturlar namoyish etildi.
📌 Tadbirning asosiy maqsadi — qizlarning ijtimoiy hayotdagi o‘rni va faolligini mustahkamlash, ularni liderlik, tashabbuskorlik hamda intellektual salohiyatni yuksaltirishga ruhlantirish, shuningdek, jamiyatda ayollarga bo‘lgan e’tibor va hurmatni yanada oshirishdan iboratdir.
💫 Qizlar — jamiyatning kelajagi, ezgulik va ilhom manbai!