Qidirish

Yangiliklar

📚 Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi fani bo‘yicha navbatdagi amaliy mashg‘ulot bo‘lib o‘tdi.
20.10.2025
893
Navoiy Innovatsiyalar Universitetida Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi fanidan 4-kurs, 3-guruh sirtqi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalar ishtirokida "Shaxsning rivojlanish tarbiyasi va ijtimoiylashuvi" mavzusida navbatdagi amaliy mashg‘ulot tashkil etildi.👩‍🏫 Mashg‘ulotni Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi dotsenti Boltayeva Shahlo Toshpulatovna olib bordi.Dars davomida talabalarning faolligini oshirish va mavzuni chuqurroq anglatish maqsadida interaktiv o‘qitish uslublari, jumladan “Karvon”, “Badminton”, savol-javob metodlari hamda Krossvord usuli foydalanildi:🎯 Talabalar mazkur mashg‘ulotda faol qatnashib, o‘z bilim va ko‘nikmalarini amaliyotda sinab ko‘rishdi. Bu kabi innovatsion yondashuvlar ta’lim jarayonining samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.