Qidirish

Yangiliklar

🎨 Joriy yilning 14-oktabr kuni Navoiy Innovatsiyalar Universiteti "Maktabgacha ta'lim" yo'nalishi talabalari ishtirokida "O'zbekiston yoshlar nigohida" nomli rasmlar tanlovi tashkil etildi.
20.10.2025
893
Mazkur tanlovda ishtirok etgan iqtidorli talabalar o‘z ijodiy ishlari orqali Vatan, yoshlik va bunyodkorlik g‘oyalarini o‘ziga xos tarzda ifoda etdilar. Tanlov jarayonini professor-o‘qituvchilar baholab, eng sara ishlar aniqlab olindi.✨ Natijada 5 ta o‘rin belgilandi va g‘olib talabalar tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Tadbir ijodiy muhit, iliq tilaklar va yoshlar ruhini ko‘taruvchi samimiy lahzalarga boy bo‘ldi.