Qidirish

Yangiliklar

🔥 TTJda “Gulxan atrofida” — iliq uchrashuv, samimiy muloqot!
20.10.2025
893
✨ Bugun Navoiy innovatsiyalar universiteti rahbariyati tomonidan talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talaba-yoshlar bilan “Gulxan atrofida” nomli iliq va mazmunli uchrashuv o‘tkazildi.
✨ Ushbu uchrashuv Ma’naviyat bo‘limi tashabbusi bilan tashkil etilib, talabalarga ma’naviy hordiq, do‘stona muhit va esda qolarli kecha tuhfa etdi.
👨‍🏫 Tadbirda universitet rektori Mavlonov Jo'rabek Yorqulovich, Respublika ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha Navoiy viloyati rahbari Xayitov Rustam Burxonovich, shuningdek professor-o‘qituvchilar, ishchi-xodimlar va talaba-yoshlar ishtirok etdilar.
🎶 Tadbir dasturidan:🗣️ Samimiy suhbatlar va ochiq muloqot🎵 Musiqiy chiqishlar va jonli ijro💬 Mushoira, kulgu va do‘stlik ohangi
🌿 Gulxan atrofida birlashgan qalblar iliq suhbat, yorqin lahzalar va ma’naviyat nurlari bilan kechani bezadi.Birlik, do‘stlik va ijobiy kayfiyat — aynan shu kechaning asosiy mezoni bo‘ldi! 💫