Qidirish

Yangiliklar

Joriy yilning 14-oktyabr kuni Navoiy innovatsiyalar universitetida xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi tashabbusi bilan “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
20.10.2025
893
🔸 Tadbirda quyidagi faxriy mehmonlar ishtirok etdilar:• M. Turobova – Karmana tumani IIB xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektori;• N. Sh. Ermamatova – Navoiy viloyati Ayollarni reabilitatsiya qilish markazi direktori;• M. H. Shukurova – psixolog;• L. Karaeva – universitet xotin-qizlar masalalari bo‘yicha kafedra mudiri maslahatchisi, hamda professor-o‘qituvchilar.
Uchrashuvda zo‘ravonlik holatlarining oldini olish, xotin-qizlarning huquqiy savodxonligini oshirish, ruhiy qo‘llab-quvvatlash hamda ijtimoiy himoyasini kuchaytirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
🔹 Tadbir ishtirokchilari o‘z sohalariga doir dolzarb fikr va takliflarini bildirdilar. Ayniqsa, yoshlar o‘rtasida ma’rifiy ishlarni kengaytirish, oilaviy qadriyatlarni targ‘ib qilish va ayollarga nisbatan har qanday zo‘ravonlikka qarshi murosasizlikni shakllantirish zarurligi ta’kidlandi. Tadbir davomida interaktiv savol-javoblar, psixologik maslahatlar hamda foydali suhbatlar bo‘lib o‘tdi.
Yakunda esa barcha ishtirokchilarga: “Zo‘ravonlikka qarshi kurash – bu jamiyat barqarorligining kafolatidir!” degan g‘oya bilan murojaat qilindi.