“Mushtariylar bellashuvi”: Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish yo‘lida
2025-yil 15-oktyabr kuni Navoiy Innovatsiyalar Universiteti Axborot-resurs markazi xodimlari N. Abdullayeva, X. Rabbimova hamda Tabiiy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Xasanova Shohista va Tabiiy fanlar kafedrasi o‘qituvchilari hamkorligida “Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, o‘quvchilarni kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshirish” maqsadida “Mushtariylar bellashuvi” o‘tkazildi.Tadbirda 3 ta guruh ishtirok etdi va ular o‘z bilimlari, zukkoligi hamda ijodiy yondashuvlari bilan bellashdilar. Talabalar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.