Qidirish

Tilni tanlang

×

Yangiliklar

🌍 Xalqaro hamkorlik yangi bosqichda
15.11.2025
893
📅 2025-yil noyabr       Navoiy innovatsiyalar universiteti xalqaro aloqalarni kengaytirish va zamonaviy ta’lim jarayonlarini jahon standartlariga moslashtirish yo‘lida navbatdagi muhim bosqichni boshlab berdi.        Hindistonning nufuzli MIT World Peace University bilan imzolangan anglashuv memorandumi doirasida hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarildi. Endilikda Navoiy innovatsiyalar universiteti talabalari va professor-o‘qituvchilari uchun MIT universiteti huzurida Apple va IOS kompaniyalari tomonidan tashkil etilgan Sun’iy intellekt va IT markazlari hamda zamonaviy laboratoriyalaridan keng foydalanish imkoniyatlari kelishib olindi. Kelishuvga ko‘ra:  • Sun’iy intellekt (AI), axborot texnologiyalari (IT) va mobil dasturlash (IOS, Android) yo‘nalishlarida qo‘shma amaliy mashg‘ulotlar tashkil etiladi; • Navoiy innovatsiyalar universiteti talabalari MIT universitetining ilg‘or tajribalaridan onlayn va oflayn tarzda foydalanish imkoniga ega bo‘ladi; • Apple kompaniyasi hamkorligidagi laboratoriyalar orqali talabalar zamonaviy startap va texnologik g‘oyalarini amalda sinab ko‘rishlari mumkin bo‘ladi.