Navoiy innovatsiyalar universiteti Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi Shodiyeva Dilnoza Qodirovna O‘zbekiston Respublikasi Islom Karimov nomidagi Davlat stipendiyasi sovrindori.
Talabaning ilmiy va ijodiy faoliyati quyidagicha:
Ilmiy maqolalari: 30 dan ortiq
Turli xil tanlovlar: 20 dan ortiq
“O‘ylarim gulbogʻi “ nomli sheriy toʻplam muallifi.
Bundan tashqari, Shodiyeva Dilnoza Qodirovna “Rektor stipendiyasi” sohibasi va Navoiy innovatsiyalar universitetida iqtidorli va bilimli talabalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan “Universitet granti“ g‘olibi hisoblanadi.
Ilmiy rahbar: PhD, dotsent Kubayeva Mavluda Baxtiyor qizi.
Universitet jamoasi ilm-fan taraqqiyotida namuna bo‘layotgan bunday talaba va ustozlar bilan faxrlanadi!