Qidirish

Tilni tanlang

×

Yangiliklar

Ilyasov Aziz Saidmuratovich bilan suhbat
27.04.2026
893
 

Navoiy innovatsiyalar universitetida ilmiy-ma’rifiy muhitni yanada rivojlantirish, talabalarning bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash hamda ularni zamonaviy ilm-fan yutuqlari bilan yaqindan tanishtirish maqsadida texnika va tabiiy fanlar kafedrasi professori, biologiya fanlari dotsenti, shuningdek,  “Oliy ta’lim a’lochisi” ko‘krak nishoni sohibi Ilyasov Aziz Saidmuratovich bilan  uchrashuv va suhbat tashkil etildi.

Mazkur tadbirda professor o‘zining ilmiy faoliyati, olib borayotgan tadqiqotlari hamda sohadagi dolzarb masalalar yuzasidan atroflicha ilmiy va hayotiy ma’lumotlar berib o‘tdi. Suhbat davomida ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirishning bugungi kundagi ahamiyati, yosh mutaxassislar oldida turgan ustuvor vazifalar hamda zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi.

Ayniqsa, ilmiy izlanishlar olib borish metodologiyasi, startap loyihalarni shakllantirish hamda ularni amaliyotga joriy etish bo‘yicha berilgan tavsiyalar talabalar uchun katta ahamiyat kasb etadi. Suhbat yakunida professor yoshlarni izlanishga, yangilik yaratishga va o‘z ustida muntazam ishlashga undab, kelgusida yanada ko‘proq o‘qib-o‘rganib, o‘z sohasining yetuk mutaxassisi bo‘lishga undadi.

Mazkur tadbir talabalarning ilmiy dunyoqarashini kengaytirish, ularning kasbiy rivojiga ko‘maklashish hamda universitetda innovatsion fikrlash muhitini mustahkamlashga xizmat qilishi bilan alohida ahamiyat kasb etadi.