Qidirish

Yangiliklar

Navoiy Innovatsiyalar Universitetida Ma'naviyat bo'limi tashabbusi bilan Salomatlik markazi shifokori M.Astanova tomonidan talaba yoshlar uchun “Sog'lom ovqatlanish” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
28.11.2023
893
Yigʻilish davomida mutaxassislar tomonidan sog‘lom turmush, sog‘lom ovqatlanish, sog‘lom muhit, reproduktiv salomatlik va zararli odatlardan yiroq bo‘lish, shuningdek, shifokor sifatida sog‘lom hayotni  targ‘ib etish masalalari  kabi mavzularda o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Davra suhbati yakunida talabalar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga mutaxassislardan  tegishli  javoblar oldilar.