Qidirish

Navoiy innovatsiyalar universiteti
 
o'z bilim darajasini va karyerasini keyingi bosqichga ko'tarishga intilayotgan har qanday yoshdagi talabalar uchun mo'ljallangan zamonaviy oliy ta'lim muassasasidir.Xalqaro tajribaga ega professional pedagoglar yordamida sifatli ta'lim olish kafolatlangan.Biz bilan nafaqat bilim va tajribalaringizni oshirasiz, balki xorijiy tillarni mukammal o'rganish va kasb-hunar egallash imkoniyatiga ham ega bo'lasiz. Universitetimizda 13 ta ta'lim yo‘nalishi bo'yicha yetuk mutaxassislar tayyorlanadiva jahon ta'lim standartlariga mos o‘quv dasturlari asosida saboq olgan talabalarimiz kelajagi biz bilan kafolatlanadi.Biz talabalarga dunyoning yetakchi oliy ta'lim muassasalarida tahsilni davom ettirish uchun keng imkoniyatlar eshigini ochib beramiz. AQSH, Germaniya,  Hindiston,  Koreya singari rivojlangan mamlakatlarda o‘qish,  sayohat qilish va ishlash orzungiz biz bilan amalga oshadi.   Biz o‘z kelajagidan xotirjam,  bilim va  kasbiy mahoratiga ishongan,  sog‘lom raqobatga tayyor haqiqiy liderlarni tayyorlab beramiz.

Xalqaro aloqalar bo‘limi quyidagi faoliyat turlarini ko‘rsatadi:

-Xorijiy ta’lim muassasalari va markazlari bilan institutning hamkorlik to‘g‘risidagi shartnomalari loyihalarini ishlab chiqadi va ularni rasmiylashtirish yuzasidan tavsiyalar beradi;

-Xorijiy davlatlarda ta’lim olish, malaka oshirish yoki ilmiy- tadqiqot ishlarini olib borish, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «El-yurt umidi» jamg‘armasi, shuningdek boshqa xalqaro va nodavlat tashkilotlari tanlovlariga nomzodlar ro‘yxatini tuzib, institut rahbariyatiga ko‘rib chiqish uchun tavsiya etadi;

-Xorijiy hamkorlar bilan ta’lim loyihalarni amalga oshirish borasida institut fakultet, kafedra va bo‘linmalariga yordam beradi;

-Xorijiy davlatlar olimlari, professor-o‘qituvchilari va mutaxassislarini institut ta’lim jarayoniga jalb etish hamda hamkorlikda o‘quv-uslubiy va ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishiga ko‘maklashadi;

-Institut professor-o‘qituvchilari va xodimlarining xorijiy xizmat safarlarlarini tashkillahtiradi, safar bo’yicha hisobotlarni umumlashtiradi va institut Kengashi muhokamasiga taqdim etadi.

-Institutni xalqarolashtirish bo‘yicha tavsiyalar tayyorlaydi va institut Kengashi muhokamasiga kiritadi;

-Xalqaro aloqalar bo'limi Institutning Xalqaro hamkorlik bo'yicha prorektor tarkibiy tuzilmasiga kiradi.

790