Qidirish

Talabalar bilan Inklyuziv ta’lim
    Joriy yilnning 26-noyabr kuni “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi Ro‘ziyeva Nafosat Abdumumin qizi tomonidan “Boshlang‘ich ta’lim” yo‘nalishi 2-kurs 5-guruh talabalari bilan Inklyuziv ta’lim olib borildi. Gospital pedagogika fanidan “Autistik spektr buzilishlariga ega bolalar uchun inklyuziv ta'lim strategiyalari va ularni amalga oshirish shart-sharoitlari” mavzusida ochiq dars mashg’uloti o‘tkazildi.
 
Darsda Autizm - g’ayritabiiy bolalar kasalligi, uning kelib chiqish sabablari, belgilari va davolash usullari haqida ma’lumotlar berildi.
 
Talabalar 3 guruhga bo‘linib, quyidagi “Talaba kayfiyati”, “Refleksiya”, “Ikki qismli kundalik”, “Rangli halqalar”, “Atamalar izohi” interfaol metodlar orqali o‘z bilim ko‘nikmalarini namoyish etishdi.
 
Dars noan’anaviy tarzda tashkil etilib, kafedraning professor- o‘qituvchilari tomonidan baholanib, rag‘batlantirib borildi. Dars ko‘zlangan maqsadiga erishdi va yuqori saviyada baholandi.