Erkin Iqtisodiy Sanoat hududiga sayohat!
2024 yil 22-noyabr kuni Navoiy innovatsiyalar universiteti "Iqtisodiyot va axborot texnologiyalari" kafedrasi o'qituvchisi Savriyeva Madina Xakimovna Iqtisodiyot yo'nalishi 3-bosqich kunduzgi guruh talabalari bilan "Innovatsion iqtisodiyot" fanidan Navoiy viloyatining “Erkin Iqtisodiy Sanoat ishlab chiqarish hududining mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida yirik korxonalarning o‘rnini baholash va tahlil qilish bo‘yicha (“BENKAM” ishlab chiqarish korxonasi misolida)” mavzuida ekskursiya mashg‘uloti olib bordi.
Noan'anaviy ekskursiya mashg'ulotidan maqsad – talabalarning nazariy bilimlarini amaliyotda ishtirok etish bilan mustahkamlash va kasbiy sohada foydali tajribaga ega bo’lish, ko’nikmalar hosil qilish hamda amaliyotda qo’llay olish ishonchini shakllantiradi.
Ekskursiya Navoiy viloyatining Erkin iqtisodiy sanoat ishlab chiqarish hududining “BENKAM” ishlab chiqarish korxonasida tashkil etilib, u yerda talabalar korxonaning innovatsion uhiti, salohiyati va mintaqaning iqtisodiy salohiyatini barqarorlashtirishdagi ulushini tahlil qildilar.
Talabalar, shuningdek, korxonaning ishlab chiqarish sexlarining innovatsion imkoniyatlari hamda quvvatlari bilan tanishdilar.