Qidirish

OITSga Qarshi Kurash: Talabalar va Mutaxassislar Uchrashuvi
 
Jahon hamjamiyatini ogohlikka chaqirish, aholining orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi (OITS) haqidagi xabardorlik darajasini oshirish, shuningdek, bu dardga chalingan insonlarga tibbiy, moddiy va ruhiy yordam ko‘rsatishni ta’minlash maqsadida 1988 yilda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan har yilning "1 dekabr sanasi Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni" deb e’lon qilingan.
 
 
Shu munosabat bilan Navoiy Innovatsiyalar Universitetida OITSga qarshi kurash tadbiri bo'lib o'tdi. Tadbirga Navoiy viloyati OITSga qarshi kurashish markazi mutaxassisi Sattorov X.Q. taklif etildi.
 
 
Tadbirda “Aniq, texnika va tabiiy fanlar” kafedrasi mudiri B.X. Eshpo‘latov, Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha prorektor A.Ergashov, Biologiya fani professor-o‘qituvchilaridan b.f.d, prof v.b. A.S. Ilyasov, M.S. Rabbimova va 1-kurs talabalari ishtirok etishdi.