Milliy g'urur ramzi: NIUda Davlat madhiyasining 32 yilligi keng nishonlandi
Joriy yilning 10 dekabr sanasida Navoiy innovatsiya universitetida O'zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining 32 yilligiga bag'ishlangan ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda universitet rahbariyati, professor-o'qituvchilari, ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha prorektor, tyutorlar jamoasi hamda talabalar faol ishtirok etishdi.
Tadbirni universitet rahbariyati ochib berib, Davlat madhiyasining ahamiyati va uning har bir fuqaroning qalbida faxr-iftixor uyg'otishdagi o'rni haqida nutq so'zladi. Shuningdek, madhiyaga oid tarixiy ma'lumotlar, uning yaratilish tarixi va milliy g'ururni shakllantirishdagi ahamiyati haqida ma'lumot berildi.
Tadbir doirasida talabalar tomonidan tashkil etilgan ijodiy chiqishlar, qo'shiqlar hamda she'riy to'plamlar ijro etildi. Ayniqsa, Davlat madhiyasini birgalikda ijro etish ishtirokchilar qalbida yanada katta ilhom va g'urur uyg'otdi.
Universitetda bunday ma'naviy tadbirlar muntazam o'tkazilib, yoshlarda Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarga hurmat va g'urur hissini kuchaytirishga xizmat qilmoqda.