NAVOIY INNOVATSIYA UNIVERSITETIDA IJODIY TALABALAR O‘RTASIDA
RASM CHIZISH KO‘RIK-TANLOVI O‘TKAZILDI
2024-yil 17-dekabr kuni Navoiy innovatsiya universiteti bosh binosida “Iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limi”, “Ma’naviyat bo‘limi” va tyutorlar hamkorligida yosh ijodkorlar o‘rtasida rasm chizish bo‘yicha ko‘rik-tanlov tashkil etildi.
Tanlov talabalarni ijodiy qobiliyatini namoyon etish, ularning dunyoqarashini kengaytirish va muhim ijtimoiy mavzularga e’tibor qaratish maqsadida tashkil etildi. Ishtirokchilar quyidagi uch mavzuda o‘z ijodiy ishlarini taqdim etishdi:
1. “Mening universitetim korrupsiyaga qarshi!”
2. “Yangi yil mening yurtimda!”
3. “Universitetimiz talabalarining kiyinish odobi”
Tanlovda quyidagi g‘oliblar aniqlandi:
1-o‘rin: Ahtamov Behruz – 2-kurs, pedagogika va psixologiya yo‘nalishi.
2-o‘rin: Jumabekov Jasulan – 2-kurs, iqtisodiyot yo‘nalishi.
3-o‘rin: To‘rayeva Jasmina – pedagogika va psixologiya yo‘nalishi.
Faol ishtiroki uchun quyidagi talabalar tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar:
Nuriddinova Zulayxo – 2-kurs, ingliz tili yo‘nalishi.
Abdullayeva Ruxshona – 1-kurs, boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi.
Xudoyberdiyev Medet – 1-kurs, ATT yo‘nalishi.
Mazkur tanlov talabalarni ijodiy tafakkurini rag‘batlantirish bilan bir qatorda, ularni muhim ijtimoiy va ma’naviy mavzularga chuqurroq qarashga undadi. G‘oliblar va ishtirokchilarning barchasi o‘z yutuqlari bilan universitet jamoasi tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.