“Uch avlod uchrashuvi” tadbiri – yoshlar va harbiylar uchrashuvi
Navoiy innovatsiyalar universitetida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 33 yilligi hamda “14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan “Uch avlod uchrashuvi” tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Karmana tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i podpolkovnik Po‘latov Farhod, viloyat IIB Kinologiya xizmati boshlig‘i katta serjant Kobilov Akmal, 87214 va 20020-harbiy qismlar xizmatchilari, orkestr jamoasi, шунингдек Navoiy viloyati Veteran jangchi faxriylar kengashi vakillari hamda Yoshlar ittifoqi raisi Jumayev Jonibek ishtirok etdi.
70 nafar talaba-yoshlar qatnashgan tadbirda faxriy va harbiylar tajribalari tinglanib, yoshlar o‘rtasida vatanparvarlik tuyg‘ularini oshirishga qaratilgan suhbatlar bo‘lib o‘tdi. Tadbir yuqori saviyada o‘tkazildi.