Navoiy innovatsiyalar universitetida
"HAFTADA BIR KITOB" loyihasi
Navoiy innovatsiyalar universitetida Filologiya va tillarni o'qitish kafedrasi professori v.b., f.f.d. (DSc) Yarashova Nasiba Jumayevna tashabbusi bilan "Haftada bir kitob" loyihasi asosida "KITOBXON TALABA" intellektual o'yini tashkil etildi.
"Kitobxon talaba" intellektual o'yinida ishtirok etgan 6 ta guruh talabalarini hakamlar hay'ati baholab bordilar. Intellektual o'yin so'ngida g'olib bo'lgan Tafakkur, Oltin kabutar, Afrodita guruhi talabalari qimmatbaho kitoblar jamlanmasi bilan taqdirlandilar.
"Kitobxon talaba" intellektual o'yini har seshanba kuni soat 11:00da bo'lib o'tadi. Barcha kitobsevarlar ishtirok etishi mumkin.