Qidirish

NAVOIY INNOVATSIYALAR UNIVERSITETIDA

"ZO‘RAVONLIK OQLANMAYDI" MAVZUSIDA

SEMINAR-TRENING O‘TKAZILDI

 
          Navoiy innovatsiyalar universitetida universitet psixologlari Boboyeva F. va Haydarova O. boshchiligida iqtisodiyot yo‘nalishi 2-kurs, 2-guruh talabalari bilan birgalikda "Zo‘ravonlik oqlanmaydi" mavzusida seminar-trening mashg‘uloti o‘tkazildi.
 
           
           Mazkur tadbir davomida zo‘ravonlik tushunchasi, uning turlari va salbiy oqibatlari haqida batafsil ma'lumot berildi. Seminar ishtirokchilari oilaviy, ijtimoiy va akademik muhitda uchraydigan zo‘ravonlik holatlari, ularning inson psixologiyasiga ta’siri hamda bunday vaziyatlarni oldini olish yo‘llari haqida muhokama qilishdi.
 
         
           Trening mashg‘ulotlari davomida interaktiv usullar qo‘llanilib, talabalar turli hayotiy vaziyatlarni tahlil qilishdi va muammoli holatlarning yechimini topish bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi.
 
         
        Tadbir so‘ngida ishtirokchilar zo‘ravonlikka qarshi kurashda har bir insonning fuqarolik mas’uliyati borligini ta’kidlab, o‘z bilimlarini yanada mustahkamlashdi.
 
 
       
       Bunday tadbirlar universitetda sog‘lom muhit yaratish va talabalarning huquqiy hamda psixologik savodxonligini oshirishga xizmat qiladi.