Navoiy innovatsiyalar universitetida Xotin-qizlar maslahat Kengashi va Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi tashabbusi bilan "Olima ayollar – jamiyat ko‘zgusi!" mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Mazkur tadbirga ilm-fan va jamiyat taraqqiyotida faol ishtirok etayotgan nufuzli ayol mutaxassislar, Navoiy davlat universiteti professori, Viloyat Kengashi deputati Nosirova Shoira Normuratovna, Karmana tumani hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Shomiyeva Nargiza O‘ktamovna, Karmana tumani hokimligi Oila va xotin-qizlar bo‘limi mutaxassisi Dilfuza Hasanova tashrif buyurdi.
Tadbir davomida yurtimizda Prezidentimiz tomonidan xotin-qizlar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, ularning ilmiy va innovatsion faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan islohotlar muhokama qilindi.
Davra suhbati davomida quyidagi masalalar atroflicha yoritildi:
– Ayollarning jamiyat hayotidagi o‘rni va ilmiy faoliyatdagi muvaffaqiyatlari;
– Innovatsion loyihalarda xotin-qizlar ishtirokini kengaytirish imkoniyatlari;
– Ayollar uchun yaratilayotgan davlat dasturlari va qo‘llab-quvvatlov tizimlari.
Ushbu uchrashuv universitet professor-o‘qituvchi ayollari va talaba-qizlar uchun muhim motivatsion maydon bo‘lib xizmat qildi. Ishtirokchilar tajriba almashib, kelajakdagi faoliyat yo‘nalishlari borasida qimmatli maslahatlar oldilar.
Bilimli va fidoyi ayollar – taraqqiyot kaliti!