Qidirish

Hayotiy tajriba va ilmiy tafakkurga boy tadbir
 
      Navoiy innovatsiyalar universiteti Ijtimoiy gumanitar fanlar kafedrasi o'qituvchilari tomonidan Talabalar turar joyida muhim mavzularga bag'ishlangan tadbir va psixologik trening tashkil etildi. Tadbir doirasida quyidagi dolzarb mavzular muhokama qilindi. 
 
 
          “Terrorizm va diniy ekstremizmning mazmun va mohiyati” – yoshlarni turli tahdidlardan ogoh etish, ekstremistik g'oyalarning asl mohiyatini anglash va ularga qarshi immunitet hosil qilish borasida ma'lumotlar berildi. 
          “Missionerlik: maqsadlar, oqibatlar va oldini olish yo'llari” – turli mafkuraviy ta'sir vositalari va ularning jamiyatga ta'siri atroflicha tahil qilindi. 
 
 
        “Ogohlik – davr talabi” – yoshlarning axborot xurujlari sharoitida tanqidiy fikrlash ko'nikmalarini shakllantirish muhimligi ta'kidlandi. Shuningdek, “Hayot go'zal, chunki...” nomli psixologik trening ham o'tkazilib, talabalar hayotga ijobiy nuqtai nazardan qarash, qiyinchiliklarni yengib o'tish va motivatsiyani oshirish bo'yicha foydali tavsiyalar oldilar. 
 
 
          Mazkur tadbir talabalar orasida katta qiziqish uyg'otdi. Ishtirokchilar malakali mutaxassislardan yangi bilim va ko'nikmalar oldilar, shuningdek, hayotiy tajribalarni o'rtoqlashdilar. Munozaralar jarayonida turli fikrlar o'rtaga tashlanib, mavzular chuqr tahlil qilindi. Ilmiy tafukkur va ongli qarash asosida shakllanadigan yosh avlod – kelajagimizning mustahkam poydevori!