Qidirish

"Zulfiya izdoshlari" tanlovi g‘oliblari aniqlandi
 
        Navoiy innovatsiyalar universitetida tyutorlar tashabbusi bilan talaba-qizlar o‘rtasida Zulfiyaxonim tavalludining 110 yilligiga bag‘ishlangan "Zulfiya izdoshlari" ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.
 
 
      Tanlovda ishtirokchi qizlar o‘z iste’dodlari, bilim va mahoratlarini namoyon etib, haqiqatdan ham Zulfiya an’analarining munosib davomchilari ekanliklarini isbotlashdi. 
 
     Hakamlar hay’ati tomonidan quyidagi talabalar faxrli o‘rinlarga loyiq deb topildi:
   1-o‘rin – Shukurova Madina (Axborot texnologiyalari va tizimlari yo‘nalishi, 1-bosqich, 1-guruh)
     2-o‘rin – Murtozayeva Sevara (Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi, 2-bosqich, 2-guruh)
     3-o‘rin – Vafoyeva Sevinch (Iqtisod yo‘nalishi, 1-bosqich, 4-guruh)
     G‘oliblar universitet tomonidan munosib rag‘batlantirildi.