Navoiy innovatsiyalar universitetida bahorning eng go‘zal ayyomi – 8-mart, Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati munosabati bilan "Zakovat" intellektual o‘yini – Rektor kubogi bo‘lib o‘tdi. Tadbir Iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limi va Axborot-resurslari markazi hamkorligida tashkil etildi.
Intellektual bellashuvda talaba-qizlar 4 ta jamoaga bo‘linib, bilim va zukkolik bobida mahorat bilan kuch sinashdilar. Bahoriy bayram kayfiyatida o‘tgan musobaqa jarayonini Iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i E.I.Abdualimov, Universitet xotin-qizlar raisasi Rabbimova Rohila hamda Xasanov Muhammad kuzatib bordilar. Barcha ishtirokchi qizlar jonbozlik bilan savollarga javob berib, o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar.
Musobaqa natijalariga ko‘ra:1-o‘rin – Iqtisodiyot va axborot texnologiyalari kafedrasi2-o‘rin – Aniq, texnika va tabiiy fanlar kafedrasi3-o‘rin – Ijtimoiy-gumanitar fanlar hamda Filologiya va tillarni o‘qitish kafedrasi jamoasi qizlariga nasib etdi.
G‘oliblar universitet rahbariyati tomonidan qimmatbaho sovg‘alar va diplomlar bilan taqdirlandi.