Navoiy shahridagi «Baraka Non Navoiy» mas'uliyati cheklangan jamiyati rahbari Karimova Shahnoza Yandashovnani Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev “Shuhrat” medali bilan taqdirlab, ko'plab ayollarimizga namuna sifatida e'tirof etdi.
Shu munosabat bilan joriy yilning 11 mart kuni “Baraka Non Navoiy» MCHJ rahbari Karimova Shahnoza bilan Navoiy innovatsiyalar universiteti faol talaba-qizlari ishtirokida "Baraka Non Navoiy" MCHJ binosida uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv chog'ida talaba-qizlar ayol tadbirkor bilan o'z maqsadi yo'lida shijoatli bo'lish va samarali mehnat qilish sirlari haqida suhbat qildilar. Bundan tashqari, non mahsulotlarining tayyorlanishi va xalq dasturxoniga yetib kelguniga qadar bosib o'tiladigan amaliy jarayonlarni kuzatish imkoniga ega bo'ldilar.
Uchrashuv talaba-qizlar uchun ilhom manbai bo'lib, ularga tadbirkorlik va mehnatsevarlikning ahamiyatini yanada chuqurroq anglash imkonini berdi.
Bu kabi tashabbuslar yoshlarning kelajakdagi muvaffaqiyatiga mustahkam poydevor bo'lib xizmat qiladi.