Qidirish

Geometriya va zamonaviy ta’lim usullari
 
        Navoiy innovatsiyalar universitetida Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi 3-kurs sirtqi ta’lim talabalari uchun “Yasashga doir masalalar yechishdagi bosqichlar va yasashga doir elementar masalalar” mavzusida ochiq ma’ruza mashg‘uloti o‘tkazildi. Mashg‘ulot “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi Ikrom Amirov tomonidan olib borildi.
 
 
       Ma’ruza davomida yasash qurollarining imkoniyatlari, konstruktiv geometriyaning zamonaviy ta’limdagi o‘rni va dolzarbligi muhokama qilindi. Dars interaktiv metodlar – “Aqliy hujum”, “BBB” va “Bilimdon pochta” usullari asosida tashkil etilib, talabalar bilan faol muloqot olib borildi.
 
 
      Mashg‘ulot yakunida amaliy masalalar yechilib, natijalar 3D grafikalar orqali vizuallashtirildi. Ushbu ochiq dars talabalar uchun nafaqat nazariy, balki amaliy jihatdan ham foydali bo‘lib, ularga geometriyaning real hayotdagi ahamiyatini yanada chuqur anglash imkonini berdi.