Tabiatga mehr – kelajakka sarmoya
"Butunjahon yovvoyi tabiat kuni" munosabati bilan Navoiy innovatsiyalar universitetida ilmiy-ma'rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda biologiya sohasi mutaxassislari, universitet professor-o‘qituvchilari va talabalar ishtirok etdilar. Tadbirni Aniq, texnika va tabiiy fanlar kafedrasi vakillari ochib, tabiatni asrash va undan oqilona foydalanishning dolzarbligini ta’kidladilar.
Dastur doirasida "Ona tabiatga sayohat" mavzusida rasmlar tanlovi o‘tkazilib, talabalarning ijodiy ishlari taqdim etildi. Shuningdek, ekologik videoroliklar namoyish qilinib, mamlakatimizda atrof-muhitni muhofaza qilish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Tadbirning eng qiziqarli qismi – "Zakovat" intellektual o‘yini bo‘lib, unda talabalar o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar. Tadbir yakunida g‘oliblar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Tadbir yakunida g‘oliblar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Ko‘tarinki ruhda o‘tgan ushbu tadbir ishtirokchilarga tabiatga bo‘lgan mehrni yanada oshirdi va uni asrash mas'uliyatini his ettirdi.