Qidirish

“Rektor Kubogi” intellektual o‘yini g‘oliblari aniqlandi
 
      Navoiy innovatsiyalar universiteti Iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limi hamda Axborot-resurslari markazi hamkorligida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan professor-o‘qituvchilar o‘rtasida “ZAKOVAT” intellektual o‘yini tashkil etildi.
 
 
         Bellashuvda universitetning barcha kafedralaridan professor-o‘qituvchi ayollar ishtirok etib, bilim va tafakkurlarini sinovdan o‘tkazdilar.
 
 
      Qizg‘in va murosasiz kechgan musobaqa natijalariga ko‘ra:
   G‘oliblikni – Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi qo‘lga kiritdi.
   Ikkinchi o‘rinni – Aniq, texnika va tabiiy fanlar kafedrasi egalladi.
   Uchinchi o‘rin esa Iqtisodiyot va axborot texnologiyalari kafedrasi jamoasiga nasib etdi.
       Shuningdek, Filologiya va tillarni o‘qitish kafedrasi ham faol ishtiroki uchun taqdirlandi.
 
 
      Tadbir yakunida g‘oliblarga universitet rahbariyati tomonidan diplom va qimmatbaho esdalik sovg‘alari topshirildi. Ko‘tarinki kayfiyatda o‘tgan ushbu intellektual bellashuv ishtirokchilarga unutilmas taassurot qoldirdi.