Qidirish

"Oilaviy nizolar va ajralish sabablari"
mavzusida ochiq dars o‘tkazildi
 
    Navoiy innovatsiyalar universiteti Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi o‘qituvchisi Rahmatova Nasiba Sobirovna tomonidan 3-kurs 5-guruh Pedagogika-psixologiya yo‘nalishi talabalari bilan birgalikda "Oila psixologiyasi" fanidan "Oilaviy nizolar tahlili: ajralishga sabab bo‘luvchi omillar" mavzusida ochiq dars mashg‘uloti tashkil etildi.
 
 
     Dars davomida talabalar oilaviy nizolar, ajrim sabablari va ularning psixologik jihatlari haqida chuqur tahlil olib bordilar. Mashg‘ulot interaktiv usullarda o‘tkazilib, talabalarning oilaviy muammolar yechimiga oid shaxsiy fikrlarini shakllantirishga xizmat qildi.
 
 
      Ochiq darsda quyidagi metodlardan foydalanildi:
 "Krossvord" – mavzu bo‘yicha asosiy tushunchalarni mustahkamlash;
 "Qulf-kalit" – oilaviy nizolarga sabab bo‘luvchi muammolar va ularning yechimlarini topish;
 "Kayfiyatingni top" – hissiy holatlarni aniqlash va tushunish.
 
 
      Shuningdek, talabalar berilgan so‘zlardan vaziyat yaratib, rolli o‘yinlar orqali muammolar yechimini namoyish etdilar. "Tilaklar doskasi" metodikasi yordamida esa ular bir-birlariga samimiy tilaklar yozib, o‘zaro almashishdi.
 
 
   Dars yakunida talabalarni rag‘batlantirish maqsadida o‘qituvchi tomonidan barcha ishtirokchilarga esdalik sovg‘alar topshirildi. Ushbu ochiq mashg‘ulot talabalar uchun nafaqat nazariy bilim, balki hayotiy muammolarni tahlil qilish va ularga to‘g‘ri yechim topish bo‘yicha qimmatli tajriba bo‘ldi.