Navoiy innovatsiyalar universitetining "Iqtisodiyot va axborot texnologiyalari" kafedrasi o‘qituvchisi M.A. Rustamova tashabbusi bilan Axborot tizimlari va texnologiyalari yo‘nalishining 1-, 2- va 3-kurs kunduzgi talabalari o‘rtasida "IT yulduzlari" nomli bilimlar bellashuvi tashkil etildi. Ushbu tanlov talabalarning axborot texnologiyalari sohasida olgan bilimlarini mustahkamlash, ularni amaliyotga tatbiq etish hamda o‘zaro tajriba almashish maqsadida o‘tkazildi.
Bellashuv ko‘tarinki ruhda o‘tkazilib, quyidagi jamoalar g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi:
1-o‘rin – "SmartDevs" (1-kurs jamoasi)
2-o‘rin – "Arincy" (2-kurs jamoasi)
3-o‘rin – "Intellekt" (3-kurs jamoasi)
G‘olib jamoalar sertifikat va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar. Shuningdek, bellashuvda faol ishtirok etgan talabalar faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan mukofotlandilar.
Ushbu tanlov talabalar o‘rtasida IT sohasiga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirib, ularning bilim va tajribalarini mustahkamlashga xizmat qildi.