Qidirish

Joriy yilning 5 oktyabr kuni Navoiy innovatsiyalar universiteti talabalar turar joyida pazandalik ilmi bo‘yicha "Balli qizlar" tanlovi o‘tkazildi.

Tanlovda barcha talaba yoshlar ishtiyoq bilan ishtirok etishdi. Talaba yoshlar ishtirokida bunday tadbirlar har kuni bo‘lib o‘tmoqda.

 

 

 

Mazkur tadbirlarda universitetning professor-o‘qituvchilari ham ishtirok etishmoqda. Eslatib o‘tamiz, talabalar yotoqxonasidagi ushbu tadbirlar "Oila saboqlari" loyihasi doirasida amalga oshirilmoqda.