Qidirish

NIUda “Zakovat” bellashuvi: bilimdon
talabalar intellektual musobaqada!
 
      Navoiy innovatsiyalar universitetida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ularning intellektual salohiyatini oshirish maqsadida turli tanlovlar, viktorinalar, sport musobaqalari hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar muntazam tashkil etib kelinmoqda.
 
 
      Shu jihatdan, universitetning Axborot resurs markazi hamda Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi tomonidan sirtqi ta’lim talabalari o‘rtasida “Zakovat” intellektual bellashuvi o‘tkazildi.
 
 
    Musobaqada 8 ta jamoa ishtirok etib, o‘z bilim va tafakkur qobiliyatlarini sinovdan o‘tkazdi. Qizg‘in bahs va murosasiz bellashuv yakunida quyidagi jamoalar g‘oliblikni qo‘lga kiritdi:
     1-o‘rin – Konchilik jamoasi 
     2-o‘rin – Dominant jamoasi 
     3-o‘rin – Intellektual kuch jamoasi
 
 
      Tadbir do‘stona muhitda o‘tib, talabalar nafaqat bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi, balki jamoaviy fikrlash va tezkor yechim topish ko‘nikmalarini ham mustahkamlashdi. Ushbu musobaqa intellektual salohiyatni oshirishga xizmat qilib, talabalarning bilimga bo‘lgan ishtiyoqini yanada kuchaytirdi!