Navoiy innovatsiyalar universitetida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va jismoniy faollikni oshirish maqsadida muhim tashabbus joriy etildi. PQ-443-sonli qarorga muvofiq, universitet professor-o‘qituvchilari, ishchi-xodimlari hamda talaba yoshlar uchun haftaning bir kuni sport musobaqalariga bag‘ishlanadigan bo‘ldi.
Joriy yilning 2-aprel kuni universitetning B binosida navbatdagi sport musobaqasi – mini futbol bo‘yicha o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazildi. Ushbu musobaqada professor-o‘qituvchilar va iqtidorli talabalardan iborat to‘rtta jamoa o‘zaro kuch sinashdi:
"Ma’naviyat bo‘limi" jamoasi"
"Aniq, texnika va tabiiy fanlar" kafedrasi jamoasi
"Ijtimoiy-gumanitar fanlar" kafedrasi jamoasi
"Iqtidorli talabalar" jamoasi
Mini futbol musobaqasi do‘stona va yuqori kayfiyatda o‘tdi. Musobaqa yakunida do‘stlik g‘alaba qozondi. Sport nafaqat jismoniy chiniqish, balki jamoaviy hamjihatlik, do‘stlik va birdamlikni mustahkamlashga xizmat qildi.