Qidirish

  Navoiy innovatsiyalar universitetida stol tennisidan
an’anaviy sport musobaqasi bo‘lib o‘tdi
 
         Navoiy innovatsiyalar universitetida sport va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida har yili an’anaviy tarzda o‘tkaziladigan sport musobaqalarining navbatdagisi bo‘lib o‘tdi.
 
 
      Bu galgi musobaqa stol tennisi bo‘yicha tashkil etildi va unda turli kafedralardan 30 nafar iqtidorli talaba – 20 nafar yigitlar va 10 nafar qizlar faol ishtirok etdilar.
 
 
      Musobaqa davomida talabalar o‘z mahoratlarini namoyon etib, qiziqarli va murosasiz bellashuvlarga boy o‘yinlar bo‘lib o‘tdi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, quyidagi talabalar faxrli o‘rinlarni egalladilar:
Yigitlar o‘rtasida:
1-o‘rin – Zokirov Bahodir
2-o‘rin – Rajhamtullayev Lochin
3-o‘rin – Azamatov Elbek
Qizlar o‘rtasida:
1-o‘rin – Karibayeva Meruert
2-o‘rin – Yuldoshova Iroda
3-o‘rin – Xusenova Mohichehra
 
 
       Musobaqa g‘oliblari universitet ma'muriyati tomonidan diplomlar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Tadbir barcha ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.