"Mikroiqtisodiyot" fanidan mahorat darsi:
Bozor mexanizmi asoslari talqin etildi
Navoiy innovatsiyalar universiteti Iqtisodiyot va axborot texnologiyalari kafedrasi dotsenti Husan Nuriddinovich Baqoyev tomonidan Iqtisodiyot yo‘nalishi sirtqi ta’lim 2-kurs IQ-113-23 S va IQ-114-23 S guruhlari uchun “Mikroiqtisodiyot” fanidan “Talab va taklif tahlili asoslari. Bozor muvozanati, maksimal va minimal narxlar” mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi.
Ushbu dars davomida talabalar bozor mexanizmining asosiy elementlari bo‘lgan talab va taklif kategoriyalari bilan tanishtirildi. Mavzu ilg‘or pedagogik texnologiyalar, interaktiv metodlar hamda kompyuter vositalaridan samarali foydalangan holda talabalarga sodda va tushunarli tarzda yetkazib berildi.
Mazkur mahorat darsida kafedraning 8 nafar yosh o‘qituvchisi ishtirok etib, dars o‘tish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni o‘zlashtirdi. Shuningdek, 5 nafar tajribali dotsentlar ham dars jarayonida qatnashib, tajriba almashishdi.
Mahorat darsi talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi va ularning iqtisodiy bilimlarini mustahkamlashda muhim o‘rin tutdi.