Surxondaryo kampusida “Tabiiy va texnogen tusdagi
favqulodda vaziyatlarni oldini olish” mavzusida amaliy tadbir
Navoiy innovatsiyalar universiteti Surxondaryo kampusida “Tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlarni oldini olish” mavzusida amaliy tadbir tashkil etildi.
Mazkur tadbirda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Fuqaro muhofazasi instituti hududiy bo‘lim xodimlari, Yong‘in xavfsizligi va Favqulodda vaziyatlar bo‘yicha mas’ul xodimlar, Navoiy innovatsiyalar universiteti Surxondaryo kampusi professor-o‘qituvchilari, talabalar hamda universitet xodimlari ishtirok etdi.
Tadbirni tashkil qilishdan asosiy maqsad - xodimlarga texnogen va tabiiy xususiyatli favqulodda vaziyatlar haqida nazariy va amaliy ma’lumotlar, tushunchalar berib, ular sodir bo‘lganda zamonaviy usullar va innovatsion texnologiyalarni amaliyotga joriy etish, favqulodda vaziyatlarning salbiy oqibatlarini kamaytirish va ularni samarali bartaraf etish, shuningdek mazkur yo‘nalishda talabalarning sohadagi bilimlarini boyitish va uni amaliyotga keng tadbiq etishdan iborat bo'ldi.