Joriy yilning 5 oktyabr kuni Navoiy innovatsiyalar universiteti rahbariyati tomonidan talabalar turar joyida universitetning talabalar uchun yaratib berilgan sharoitlar yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.
Mazkur o‘rganishlarda talaba yoshlar bilan suhbat qilindi. Universitet talabalar turar joyida bugungi kunda 200 ga yaqin talabalar turishi uchun barcha qulay sharoitlar yaratilgan.
O‘rganishlar natijasida talaba yoshlarni bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish yuzasidan universitet Bosh direktori tomonidan tegishli topshiriqlar berildi.