"Sport va milliy o‘yinlar festivali" doirasida
kurash musobaqasi tashkil etildi
Navoiy innovatsiyalar universiteti Surxondaryo kampusida tyutorlar Alibek Begmatov va Xurshida Xayitaliyeva tashabbusi bilan "Sport va milliy o‘yinlar festivali" doirasida sirtqi bo‘lim talabalari o‘rtasida kurash bo‘yicha milliy sport musobaqasi tashkil etildi.
Musobaqa qizg‘in bahs va murosasiz bellashuvlarga boy tarzda o‘tdi. Talabalar o‘z mahoratlarini namoyon etib, tomoshabinlarga qiziqarli va hayajonli daqiqalarni taqdim etdilar.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, Tarix fani yo‘nalishi 1401-guruh 1-2-kurs talabalari orasidan Mamalolayev Muroddilla g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Musobaqa g‘olibi universitet ma’muriyati tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.