"Sog‘lom turmush tarzi – farovon hayot asosi"
mavzusida davra suhbati
Navoiy innovatsiyalar universiteti Surxondaryo kampusi Filologiya va tillarni o‘qitish kafedrasi Ingliz tili yo‘nalishi 13.10-guruh talabalari ishtirokida “Sog‘lom turmush tarzi – farovon hayot asosi” mavzusida samimiy va mazmunli davra suhbati tashkil etildi.
Tadbir davomida sog‘lom turmush tarzining inson hayotidagi o‘rni, jismoniy faollik, to‘g‘ri ovqatlanish, zararli odatlardan voz kechish hamda ma’naviy-ruhiy barqarorlikni ta’minlashning muhim jihatlari xususida fikr almashildi.
Talabalar sog‘lom hayot sari intilish, o‘z sog‘lig‘iga e’tiborli bo‘lish, ijobiy hayot tarzi shakllantirish borasida o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, faol ishtirok etishdi.
Suhbat iliq va do‘stona muhitda o‘tdi. Bu kabi tadbirlar talabalarning sog‘lom turmush tarzi haqidagi tushunchalarini yanada boyitib, ularni ma’naviy va jismoniy jihatdan sog‘lom bo‘lishga undaydi.