Bugun Navoi innovatsiyalar universiteti Surxondaryo kampusida tarix yo‘nalishi 1401-1 va 1401-2 guruh talabalari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yinining 1-bosqich bellashuvi bo‘lib o‘tdi.
Qizg‘in va murosasiz ruhda kechgan ushbu bellashuvda talabalar bilim, aql-zakovat va jamoaviy fikrlash qobiliyatlarini sinovdan o‘tkazishdi. Har ikki guruh a’zolari faol ishtirok etganiga qaramay, natijada 1401-1 guruh talabalari keyingi bosqichga yo‘l olishdi.
G‘olib jamoani chin dildan tabriklaymiz! Ularga keyingi bosqichda omad va zafarlar tilaymiz!
“Zakovat” o‘yini nafaqat bilimni, balki do‘stlik, birlik va sog‘lom raqobat muhitini ham mustahkamlaydi.