Ilmiy yondashuv va amaliy mahorat uyg‘unligi:
Ochiq dars mashg‘uloti
Navoiy innovatsiyalar universiteti “Aniq, texnika va tabiiy fanlar” kafedrasi katta o‘qituvchisi Isroilov Sherzod Narkazakovich tomonidan “Elektr energetikasi” yo‘nalishi 2-bosqich 9-1-23-EE guruh talabalari uchun “Mexanika 2” fanidan “Nuqtaning erkin tebranma harakati” mavzusida ochiq amaliy mashg‘ulot darsi o‘tkazildi.
Ushbu dars mashg‘uloti davomida talabalar tebranish harakatining nazariy asoslari bilan yaqindan tanishib, amaliy misollar orqali mavzuni chuqurroq o‘zlashtirish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
O‘qituvchi tomonidan interaktiv usullar qo‘llanilgan holda, talabalarning mavzuga bo‘lgan qiziqishi yanada oshirildi hamda fan va kasbiy yo‘nalish o‘rtasidagi bog‘liqlikka alohida e’tibor qaratildi.
Ochiq dars talabalarda nafaqat ilmiy bilimlarni shakllantirish, balki ularni amaliyotda qo‘llay olish ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qildi.