"Ilhaq" filmi – tariximiz aks etgan
fidoyilik saboqlari
Navoiy innovatsiyalar universiteti Surxondaryo kampusi talabalari uchun yurtimiz tarixiga hurmat va milliy qadriyatlarimizga sadoqat ruhida tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan muhim tadbir tashkil etildi.
Unda Ikkinchi jahon urushi yillarida front ortida jasorat va matonat bilan mehnat qilgan o‘zbek xotin-qizlarining hayoti tasvirlangan “Ilhaq” badiiy filmi namoyish etildi.
Film voqealari orqali talabalarimiz urush davrida ayollar ko‘rsatgan fidoyilik, sabr-toqat va yurtga bo‘lgan muhabbatning asl timsolini his qilishdi.
Taqdimot jarayonida film ishtirokchilari va talabalarning samimiy fikr-mulohazalari almashildi, bu esa tomoshabinlarda chuqur taassurot qoldirdi.
Mazkur tadbir yoshlar qalbida milliy g‘urur va vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.