Navoiy innovatsiyalar universiteti Surxondaryo kampusida Tarix, Psixologiya va Iqtisod ta’lim yo‘nalishi talabalari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yinining 2-bosqich bellashuvi bo‘lib o‘tdi.
Qiziqarli va bahslarga boy tarzda oʻtgan ushbu intellektual ringda quyidagi jamoalar faxrli oʻrinlarni qoʻlga kiritishdi:
1-oʻrin: “Yosh tarixchilar” jamoasi – Tarix ta’lim yo‘nalishi talabalari;
2-oʻrin: “Yuksalish” jamoasi – Iqtisod ta’lim yo‘nalishi talabalari;
3-oʻrin: “Psixologlar” jamoasi – Psixologiya ta’lim yo‘nalishi talabalari.
Gʻolib boʻlgan jamoalarga o‘yin yakunida kampus rahbariyati tomonidan estalik sovg‘alar va diplomlar topshrildi.