Qidirish

Surxondaryo kampusida “O‘zbekiston – kitobxonlar yurti”
mavzusida davra suhbati 
 
      Joriy yilning 21–27-aprel kunlari mamlakatimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan V Respublika “Kitobxonlik haftaligi”  doirasida yangi kitoblar taqdimoti, kitob savdo ko‘rgazma-yarmarkalari, turli aksiyalar, viktorinalar tashkil etilmoqda. 
 
 
     Shu munosabat bilan Navoiy innovatsiyalar universiteti Surxondaryo kampusida “O‘zbekiston – kitobxonlar yurti” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. 
 
 
      Davra suhbatida kitoblarning bugungi kundagi yoshlar hayotidagi o‘rni, badiiy asarlarning hayotiy voqeylikka daxldorligi, voqelikning dolzarbligi o‘qituvchi-pedagoglar, talaba-yoshlar hamkorligida keng muhokama qilindi. 
 
 
     Tadbir so‘ngida bahs-munozaralarda faol bo‘lgan talaba-yoshlar turli esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.